Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya kubogi finalida "Zenit" va " TsSKA" uchrashadigan bo‘ldi
20 aprelda futbol bo‘yicha Rossiya kubogi finalchilari nomi ma'lum bo‘ldi.
"Zenit" Permda "Amkar"ni yutdi (asosiy va qo‘shimcha vaqt 1:1 bo‘lgan, penalti bo‘yicha 4:3), "TsSKA" esa o‘z maydonida Odil Ahmedov to‘p suradigan "Krasnodar" jamoasini 3:1 hisobida mag‘lub etdi.
"Zenit" va " TsSKA" 2002 yildan beri birinchi bor musobaqa finalida uchrashadilar. 2002 yilgi finalda armiyachilar 2:0 hisobida g‘olib bo‘lishgandi.
"Zenit" Rossiya kubogi finaliga 4-marta chiqdi. Jamoa 1999 va 2010 yillarda ushbu unvonni qo‘lga kiritgan.
TsSKA esa Rossiya kubogi finallarida 11 marotaba ishtirok etgan. Armiyachilar ushbu musobaqada 7 marta: 2002, 2005, 2006, 2008, 2009, 2011, 2013 yillarda g‘olib bo‘lishgan.