Sport | 10:41 / 22.04.2016
1724
2 daqiqa o‘qiladi

Arsen Venger: «Yuqori uchlik qanday ko‘rinishda bo‘lishi o‘zimizga bog‘liq»

Angliyaning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Arsen Venger APL doirasidagi «Vest Bromvich»ga qarshi uchrashuv (2:0) borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Barselonadagi o‘yinga qadar ham jamoamiz o‘yin darajasi juda yaxshi edi. Afsuski, biz kerak bo‘lmagan paytlarda juda muhim ochkolarni boy berdik. Yutishimiz kerak bo‘lgan ikkita uchrashuvda durang qayd etdik.

Biz uchun g‘alaba qozonish juda muhim edi, chunki biz imkon boricha yaxshi o‘ynashga va iloji boricha yuqoriroq o‘rinni egallashni istaymiz. Hozirda bizda vaziyat shunaqaki, kuchli uchlikning qanday ko‘rinish olishi faqat o‘zimizga bog‘liq. Ammo biz ko‘prog‘ini xohlaymiz va buning uchun oxirigacha kurash olib boramiz.

Uchrashuvga jiddiy yondashgandik. Hammasi yaxshi o‘tdi. Achinarlisi biz ko‘proq gol ura olmadik. Nazarimda, Sanches tezkor va o‘ziga bo‘lgan o‘ta yuqori ishonch bilan qaytgan ko‘rinadi.

Muxlislarning noroziligi? Biz bunga ruhiy jihatdan tayyor edik. Ammo tezkor gol kiritishimiz bizga yaxshigina ko‘mak berdi. Nima sababdan buncha bo‘sh o‘rindiqlar borligi sababini bilmayman. Bu baribir payshanba kunning kechasi edi. Bunga qandaydir izoh berish oson emas. Men yaxshisi futbolni muhokama qilaman», – deya ta'kidladi Venger.