Jahon | 09:43 / 22.04.2016
1358
1 daqiqa o‘qiladi

Ekvadorda 6 balli zilzila qayd etildi

Ekvador hududida yana bir kuchli zilzila sodir bo‘ldi

Reyter agentligi xabariga ko‘ra, bu zilzila kuchi 6 ballni tashkil etgan.

AQSh Geologiya xizmati ma'lumotiga ko‘ra, zilzila epimarkazi Portovexo shahridan 100 km shimoli-g‘arbda, 10 km chuqurlikda bo‘lgan.

16 aprel kuni Ekvadorda 7,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Uning markazi Muisne aholi punktidan 28 kilometr janubi-sharqda, o‘chog‘i 20,2 kilometr chuqurlikda joylashdi. Tabiiy ofat oqibatida ko‘p qavatli mehmonxonalar, restoranlar va turar-joy binolari qulab ketgan.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, zilzila tufayli 587 kishi halok bo‘lgan, qurbonlarning 20 nafari xorijlik ekani qayd etilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish