O‘zbekiston | 12:47 / 22.04.2016
2584
1 daqiqa o‘qiladi

Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy Vagiz Abdullin olamdan o‘tdi

Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy Vagiz Abdullin 80 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Vagiz Sobirovich Abdullin 22 aprel kuni o‘zi tug‘ilgan shahar — Angrenda dafn etilgan.

Ma'lumot uchun: Abdullin 1936 yilning 1 sentabrida tug‘ilgan. U umrini sportga bag‘ishlagan inson bo‘lib, turli musobaqalarda bir necha bor O‘zbekiston sharafini himoya qilgan. Sportdagi faoliyatidan so‘ng to umrining so‘ngiga qadar murabbiy sifatida ish olib bordi.