Erdo‘g‘anning prezidentligi noqonuniy ekanligini isbotlagan yozuvchi o‘lik holda topildi
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anni yolg‘onchilikda ushlagan yozuvchi Ergyun Po‘yraz hibsdan chiqqandan keyin bir necha kun o‘tib o‘lik holda topildi.
Po‘yraz o‘zining jurnalistik tergovi davomida Turkiya prezidentining oliy ma'lumoti yo‘qligini aniqlagan va shuning uchun uning davlatni boshqarishga huquqi yo‘qligini aytgan.
Yozuvchi Erdo‘g‘an go‘yoki yakunlagan universitet uning diplomida ko‘rsatilgan yillarda hattoki mavjud bo‘lmaganini aniqlagan. Yozuvchi Erdo‘g‘an Marmar universitetida o‘qiganda yozgan diplom ishining asl variantini chop etgan.
Shu tariqa Erdo‘g‘anning diplomi soxta bo‘lib chiqqan. Turkiyada esa oliy ta'lim muassasasida kamida 4 yillik o‘qishni tugatishlik prezident bo‘lish uchun majburiy shart hisoblanadi.
Yozuvchining tergovi asosida "Xalqni qutqarish" turk partiyasi mamlakatning markaziy saylov komissiyasiga Erdo‘g‘anni saylovlarda ishtirok etishdan chetlatish talabi bilan murojaat qilgan. Hozircha bu murojaat hech qanday natijaga olib kelmagan. Biroq yozuvchining o‘ziga rostmana "ov" boshlangan va u tez orada hibsga olingandi.
Po‘yraz ozodlikka chiqishi bilanoq o‘lik holda topilgan. Mahalliy OAV yozuvchining "vafoti" sababi va tafsilotlarini keltirmayotgan bo‘lsa ham, u o‘z holicha o‘lmagani taxmin qilinmoqda.
Ta'kidlash joizki, Erdo‘g‘an o‘zining "obro‘sini" juda ardoqlaydi va o‘zining nomiga bildirilgan turli hazillar va obro‘sizlantirishga urinishlardan qattiq ranjiydi.