Jamiyat | 10:51 / 22.04.2016
2148
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Qo‘shiqchi Prins o‘limidan oldin narkotik ta'sirida bo‘lgan

Prins taxallusi bilan ijod qilgan musiqachi Rojyers Nelson o‘limidan olti kuncha oldin narkotik ta'siriga qarshi davolanishdan o‘tgan, deb ma'lum qilmoqda TMZ.

Nashr bergan ma'lumotga ko‘ra, 15 aprel kuni Prinsning samolyoti Illinoys shtatidagi Molin shahriga qo‘ngan. Bir kunlik tibbiy ko‘rikdan so‘ng, u konsertda chiqish qilgan. O‘shanda uning vakili, ijodkor grippga qarshi davolanayotganini bildirgan edi. TMZ manbasi esa tibbiy ko‘rikdan o‘tishga gripp emas, balki narkotik ta'siri sabab bo‘lgan, deb ta'kidlamoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, Minnesota shtati ma'muriyati Prinsning o‘limiga oydinlik kiritish maqsadida Molindagi shifoxonadan qaydnomalarni olishga harakat qilmoqda.