Jamiyat | 17:28 / 22.04.2016
1683
1 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekkino» Milliy agentligining 2016 yil 1 chorakdagi faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 22 aprel kuni «O‘zbekkino» Milliy agentligining 2016 yil 1 chorakdagi faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati ma'lum qilmoqda.

Unda agentlik rahbariyati, markaziy apparati mas'ul xodimlari, tizimdagi korxona, tashkilotlar va hududiy bo‘limlarning rahbarlari qatnashishdi.

Yig‘ilishda agentlik faoliyatiga doir bir qator dolzarb masalalar ko‘rib chiqilib, tegishli qaror qabul qilindi.

Gyote instituti bilan hamkorlikda 28 aprel – 5 may kunlari Toshkent va Farg‘ona shaharlarida o‘tkaziladigan bolalar va yoshlar uchun «Shum bola» III o‘zbek va nemis kinolari festivalini yuqori saviyada tashkil etishga doir aniq topshiriqlar berildi.