O‘zbekiston | 11:40 / 22.04.2016
2305
1 daqiqa o‘qiladi

Plattenhardt + Wirth GmbH rahbari O‘zbekistonga tashrif buyurdi

"O‘zbekoziqovqatxolding" xolding kompaniyasida Plattenhardt + Wirth GmbH kompaniyasi rahbari Ingolf Mayyer bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Plattenhardt + Wirth GmbH Germaniyada meva va sabzavotlarni saqlovchi omborlar qurish sohasida yetakchi mutaxassis hisoblanadi. U Vengriya, Xitoy, Xorvatiya, Polsha va MDH davlatlarida o‘z vakolatxonalariga ega.

Uchrashuv chog‘ida savdo-logistik markazlarini hamda meva-sabzavot mahsulotlari uchun sovutgich omborlar qurish bo‘yicha ikki tomonlama foydali hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Kompaniya sovutgich omborlar va savdo-logistik markazlarini loyihalashda, shuningdek zamonaviy nemis texnologiyasi va jihozlarini tatbiq qilishda yordam beradi.