Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ekvadorda 7 kishini vayronalar ostidan qutqarib qolgan it holsizlikdan nobud bo‘ldi
Ekvadordagi Pedernales shahridagi kuchli zilziladan so‘ng Dayko laqabli it 7 kishini vayronalar ostidan qutqarib qolishda ishtirok etgandi. 22 aprel kuni it holsizlikdan halok bo‘lgan. Bu haqida El Universo gazetasi xabar berdi.
To‘rt yoshli tillarang retriver to‘rt kun falokat mintaqasida qulagan binolar ostidagi odamlarning joylashgan yerlarini aniqlashda xizmat ko‘rsatdi. Itning sharofati bilan 7 kishining hayoti saqlab qolindi. Biroq Ibbara shahridagi yong‘in-qutqaruv xizmati bo‘limidan qaytgandan so‘ng it hushini yo‘qotdi va veterinar shifokorlarning urinishiga qaramay jon berdi.
Yong‘in xizmati xodimlarining Facebook'dagi sahifalarida ma'lum qilishlaricha, it issiq iqlimli Tinch okeani qirg‘oqlaridagi tinimsiz qutqaruv operatsiyalaridan keyin holsizlikdan tufayli nobud bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 16 aprel kuni Ekvadordagi Pedernales shahri hududida 7,8 magnitudali zilzila sodir bo‘lgan. So‘nggi rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, talofat qurbonlari soni 602 nafarni tashkil qilgan, taxminan 12,5 ming kishi jarohat olgan. Mamlakatga yetgan moddiy ziyon bir necha milliard dollarni tashkil qilgan.