Jahon | 00:03 / 23.04.2016
1581
1 daqiqa o‘qiladi
Jon Kerri BMTga nabirasi bilan birga keldi
BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida iqlim bo‘yicha Parij kelishuvi imzolanishi marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda AQSh vakili sifatida AQSh Davlat kotibi Jon Kerri ishtirok etdi. Kerri marosimga bir o‘zi emas, balki qiz nabirasi bilan keldi.
Siyosatchi nabirasini qo‘lida ushlagancha, hujjatni imzoladi. Bu orada uning hamkasblari telefonlarini olib bu yoqimli lahzani suratga olishga tushib ketdilar.
Kerrining nabirasi olqishlar va BMT bosh kotibi Pan Gi Munning tabrigini oldi.