Jahon | 16:34 / 23.04.2016
2449
2 daqiqa o‘qiladi

Obama: IShIDni yo‘q qilish AQShning bosh maqsadi

AQSh prezidenti Barak Obamaning bayonotiga ko‘ra, IShID va "Al-Qoida" terrorchilik tashkilotlari g‘arb uchun jiddiy tahdid hisoblanadi. Bu haqda Business Insider nashri yozgan.

«IShIDni yo‘q qilish men uchun ustuvor vazifadir. Shuning uchun, Amerika qo‘shma shtatlari Suriya va Iroqdagi terrorchilarga qarshi global urushni olib borib, ularning ko‘rolmaslik g‘oyasini barbod qilmoqchi», — degan Barak Obama Germaniyaning Bild nashriga bergan intervyusida.

Obamaning qayd etishicha, Amerikaning NATOdagi ittifoqchilari IShIDga qarshi harbiy kampaniyada hal qiluvchi o‘rin tutmoqda. Ular terrorchilarga havo zarbalari berishda faollik ko‘rsatmoqda.

«Biz IShID yetakchilarini topish borasida samarali ishlarni amalga oshirdik va terrorchilarni egallab turgan hududlarini tark etishga majbur etmoqdamiz», — deb qo‘shimcha qilgan AQSh rahbari.

AQSh hukumati shuningdek, IShID terrorchilariga qarshi kiberhujumlarni ham kuchaytirmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish