Jahon | 00:44 / 23.04.2016
1699
2 daqiqa o‘qiladi

Putinda uzuk paydo bo‘ldi

Xokkey bo‘yicha ikki karra Olimpiya chempioni Vladimir Petrov Qozonda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish kengashi yig‘ilishida Rossiya prezidenti Vladimir Putinga xokkey bo‘yicha Rossiya chempionatida "TsSKA"ning g‘alabasi sharafiga antiqa sovg‘a – uzuk taqdim qildi.

"Biz o‘tgan yili chempion bo‘lgandik. Biroq sizga sovg‘a bermagandik. Biz sizning "armiya" xokkeyini yaxshi ko‘rishingizni bilamiz. Shuning uchun klubimiz topshirig‘i bilan Sizga sovg‘a topshirmoqchiman" deb, Petrov Putinga uzuk sovg‘a qildi. Putin bu sovg‘a uchun minnatdorchilik bildirdi.

Rossiyaning 2014/15 yillardagi chempioni Kontinental xokkey ligasi chempionati natijasiga ko‘ra aniqlangandi. Bu unvonga o‘tgan yili Moskvaning "TsSKA" klubi xokkeychilari sazovor bo‘lgandilar.

Putin turli antiqa sovg‘alarni ko‘plab oladi. Misol uchun, unga bir marta Rossiya imperiyasi tojining nusxasi sovg‘a qilingan. Bu tojni Putinga aktyor Gennadiy Xazanov yubileyi munosabati bilan u bilan uchrashganda taqdim qilgan. Xazanov tojni Putinni boshiga kiygazmoqchi bo‘lganda Putin buning aksini qilib, tojni aktyorning o‘zining boshiga "qo‘ndirib" qo‘ygan.