O‘zbekiston | 17:49 / 24.04.2016
11577
1 daqiqa o‘qiladi
Toshkentda yangi istirohat bog‘i ochildi
23 aprel kuni Toshkent shahrining Olmazor tumanida «Nurafshon» nomli yana bir madaniyat va istirohat bog‘i ishga tushdi.
Ushbu bog‘ ancha yillar oldin qurilgan bo‘lib, uni “Oymomo” nomi bilan xotirlashadi. 2000-yillarga kelib bog‘ tashlandiq holatga kelib qolgan edi. Attraktsionli, yozgi kinoteatrga ega ulkan maydonda yastanib yotgan bog‘ 20 yil qarovsiz qoldirilgan edi.
Ayni damda bog‘ ta'mirlashdan chiqqan bo‘lib, atraktsionlar yangilangan, o‘rindiqlar o‘rnatilgan hamda yo‘laklar va alleyalar barpo etilgan. Unda Yevropa va milliy taomlar oshxonasi ham ishlab turibdi. Toshkent va mehmonlar allaqachon bog‘ning yangi ochilgan chiroyidan bahramand bo‘lishmoqda.