Jamiyat | 16:29 / 25.04.2016
2447
2 daqiqa o‘qiladi

Igor Morskining noan'anaviy syurreal suratlari

Polshalik rassom Igor Morski syurrealizm uslubida antiqa suratlar yaratadi. Uning yaratgan asarlari mashhur nashrlarning muqovalarida tez-tez paydo bo‘lib turadi, ijodiy muvaffaqiyati ko‘p tanqid ostiga olinsada, u turli sovrin va mukofotlarni qo‘lga kiritgan.

Igor Morski Poznandagi Milliy tasviriy san'at maktabining interer va sanoat dizayni fakultetini tamomlagan. 80-90-yillarda davriy matbuotlarda faoliyat olib boradi. Nihoyat, o‘z karerasini press-illyustratsiyaga bog‘lashga qaror qiladi va 1995 yilda o‘zining shaxsiy studiyasini ochadi.

“Ba'zida men Pinokkioning uzun burni kabi odatiy va mashhur ramziy qahramonlardan foydalanganman”, — deydi Morski intervyularning birida. Biroq, asosan, men o‘zimning shaxsiy simvollarimni yaratishga intilar edim. Misol uchun, “ijodiy arxeologiya” nomli ishim arxeologiyaning kommertsializatsiyalashuvi haqida bo‘lib, unda men inson yarim bosh miyasini Indiana Jons timsolida tasvirlab, qolgan qismini qumga to‘ldirganman. Bir tomondan siz boshda to‘ldirilgan qumni ko‘rsangiz, ikkinchi tomondan uni qazilayotganiga guvoh bo‘lasiz”.