Jamiyat | 00:03 / 25.04.2016
1963
1 daqiqa o‘qiladi

Ko‘chma sirkda yarim asr tutqunlikda ushlangan uchta fil ozod etildi

Wildlife SOS tabiatni asrash tashkiloti uchta filni tutqunlikdan ozod etdi. Reya, Sita va Mia laqabli fillar yarim asr davomida ko‘chma sirk bilan birga ko‘chib yurgan, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

Tashkilotning hammuassisi Gita Seshamanining aytishicha, fillar kaltaklangan hamda yomon ovqatlantirilgan, ularga zaruriy veterinar yordam ko‘rsatilmagan. Ayni vaqtda fillar Hindistonning shimolidagi Uttar-Pradesh shtatidagi Matxura shahri yaqinidagi shinam joyga ko‘chirib o‘tkazilgan.

Seshamanining aytishicha, sirk egasi dastlab Sita va Miani bergan, biroq Reyani berishdan bosh tortgan. Biroq tabiat himoyachilari barcha fillarning ozod etilishiga muvaffaq bo‘ldilar. Ekologlarning fikricha, fillar yosh paytida brakonerlar tomonidan tutib olingan bo‘lishi mumkin. Fillar turli tryuklarni bajarishlari uchun ularga zo‘ravonlik qo‘llangan, jumladan ularning yuzlariga urilgan, och qoldirilgan.