Jahon | 17:21 / 25.04.2016
1680
2 daqiqa o‘qiladi

Norvegiyada vataniga qaytmoqchi bo‘lganlarga 3600 dollardan taqdim etiladi

Norvegiya hukumati har bir siyosiy boshpana so‘ragan odam o‘z xohishi bilan vataniga qaytishga rozi bo‘lganda to‘lanadigan pul miqdorini uchdan bir qismga ko‘paytirdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Yaqin bir yarim muddat ichida qirollikni tark etadigan ilk 500 nafar muhojir uyga qaytishga chiptadan tashqari 20 ming emas, 30 ming krona (taxminan 3650 dollar) oladi. Bolali oilalar, alohida mamlakat fuqarolari, shuningdek, qiyin ahvoldagi kishilar (qariyalar, zo‘ravonlik qurbonlari, bemorlar va boshqalarga) yanada ko‘proq summa taklif etiladi. Bu haqda Norvegiya immigratsiya va integratsiya ishlari bo‘yicha vaziri Syulvi Listyoug ma'lum qildi.

“Biz taqdim etiladigan pul miqdorini ko‘paytirish orqali ko‘proq odamlarni ixtiyoriy ravishda vataniga qaytishga ko‘ndirishga urinib ko‘ramiz. Bu bizga juda ko‘p pulni tejab qolishga imkon beradi. Qochqinlar uchun markazlarda odamlarni boqish qimmatga tushadi”, deydi u.

Listyougning so‘zlariga ko‘ra, agar muvaffaqiyatli kechsa va qirollikdan chiqib ketishga qiziqish bildirganlarning soni ortsa, hukumatning ushbu tashabbusi muddati uzaytiriladi.

Norvegiya ma'lumoti bo‘yicha, 2015 yilda boshpana so‘rab murojaat etganlar soni 31 mingdan ortadi. Taqqoslash uchun: so‘nggi bir necha yillar davomida qochqinlar soni yiliga 10 mingdan oshmagan. 2016 yilda esa, hukumat bahosiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 33 ming va undan ortiq bo‘lishi mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish