Sport | 15:59 / 25.04.2016
2039
1 daqiqa o‘qiladi

Olimpiadaga yo‘llanma olgan o‘zbekistonlik sportchilar safi yana kengaydi

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha o‘tkazilgan lisenzion musobaqada o‘zbekistonlik sportchi-qizlar jamoaviy bahslarda ham XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.

Badiiy gimnastika bo‘yicha jamoaviy bahslarda qatnashgan Samira Amirova, Valeriya Davidova, Luiza G‘aniyeva, Zarina Qurbonova va Marta Rastoburovadan iborat O‘zbekiston jamoasi ham Olimpiadada qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish