Jahon | 11:09 / 25.04.2016
1350
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreya Arktika bo‘yicha muzokaralar o‘tkazadi

Seulda Xitoy, Janubiy Koreya va Yaponiya vakillari o‘rtasida Arktika mintaqasida hamkorlik qilish masalalariga bag‘ishlangan muzokaralarning ilk davrasi bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti» agentligi Janubiy Koreya TIVga tayangan holda.

Unda, XXR tashqi ishlar vazirligi shartnoma-huquqiy departamenti rahbari o‘rinbosari Ma Sinmin, Yaponiyaning Arktika masalalari bo‘yicha maxsus vakili Kadzuko Siraisi va J.Koreya TIVning Arktika bo‘yicha maxsus vakili Kim Chxan U qatnashadi.

Uch mamlakat vakillari, hukumatlarining Arktika mintaqasidagi faoliyati va siyosatiga doir ma'lumotlar bilan o‘rtoqlashadi, shuningdek, Arktika mintaqasiga oid muloqot yo‘nalishi va uni kengaytirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishadi.

Ma'lumki, RF harbiy dengiz kuchlari Arktika va dunyo okeanidagi harbiy kuchlarini ko‘paytirgan. Ayni vaqtda 100 dan ortiq rus suvosti va boshqa turdagi harbiy kemasi jahon suv havzalarida faoliyat yuritadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish