Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Filippinda jangarilar kanadalik asirni qatl qildi
Filippin hududida harakatlanuvchi "Abu Sayyaf" terroristik tashkiloti Kanada fuqarosi Jon Ridsdelni bir necha oy davom etgan asirlikdan keyin qatl qilgan. Bu haqda CBC News xabar bergan. Bu ma'lumot Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo tomonidan tasdiqlangan.
"Men bu xabardan larzaga tushdim. Kanadalik asir qatl qilingan. Bu o‘ta beshafqatlik bilan amalga oshirilgan qotillik", deya qayd etgan Tryudo.
2015 yilning sentabrida Samal orolida kanadalik Jon Ridsdel va Robert Holl, shuningdek Norvegiya fuqarosi Kyartan Sekkingstad filippinlik ayol Tess-Flor bilan birgalikda jangarilar tomonidan garovga olingandi. Ko‘p o‘tmay xorijliklar boshqa orolga ko‘chirildi va ularning har biri uchun 6,5 mln dollardan tovon puli talab qilindi.
Mahalliy hukumat qo‘shinlari qutqaruv amaliyoti o‘tkazgan. Ayni vaqtda asirda bo‘lganlardan birining halok bo‘lgani tasdiqlangan, boshqa garovdagilar haqida aniq ma'lumot yo‘q.