Texnologiya | 11:59 / 26.04.2016
2236
1 daqiqa o‘qiladi

Floridada inson miyasi bilan boshqariladigan dronlar poygasi o‘tkazildi

Florida universitetida to‘g‘ridan-to‘g‘ri miya bilan boshqariladigan dronlar poygasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi TechCrunch nashri.

DJI Phantom dronlarini boshqarish uchun neyrokompyuter interfeysi tamoyillaridan foydalanadigan maxsus dastur ishlab chiqildi. Haydovchilar boshiga elektroensefalogrammani hisoblovchi shlem o‘rnatildi. Ular har bir haydovchining miya oqimiga yetib borish uchun alohida sozlab chiqildi. Masalan, insondan nimanidir oldinga siljitish haqida o‘ylashini so‘rashganida neyronlar faolligi qayd etib borildi. Natijada unda joystikni belgilangan tugmasini bosishga bog‘liqlik paydo bo‘ldi.

Ma'lum bo‘lishicha, haqiqiy tezlikdagi, shiddatli poygani amalga oshirishning iloji bo‘lmadi. Biroq inson miyasi yordamida dronlarni boshqarish imkoniyati borasida ahamiyatli qadamlar tashlandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish