Jahon | 06:58 / 26.04.2016
1298
1 daqiqa o‘qiladi

Floridada kichik samolyot qulashi oqibatida 3 kishi jarohat oldi

AQShning Florida shtatida kichik o‘lchamdagi yengil motorli Beechcraft BE-76 samolyoti qulashi oqibatida samolyot bortidagi 3 kishi – 2 erkak va bir ayol jarohat oldi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Shifokorlar jarohatlanganlarning ahvolini og‘ir deya baholamoqda.

Falokat Pompano-Bich shahri chekkasida yuz bergan. Samolyot qulayotib uylardan birining tomiga tegib o‘tib, qo‘shni uy hovlisiga qulagan va yonib ketgan. Olov tezda o‘chirilgan. Yerda hech kim jabrlanmagan. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish