O‘zbekiston | 22:07 / 26.04.2016
2228
1 daqiqa o‘qiladi

Islom Karimov ShHT doirasidagi bir qator masalalarni hal qilishni kechiktirmaslikka chaqirdi

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning ta'kidlashicha, ShHT doirasidagi bir qator masalalar ochiq qolmoqda va ularni o‘z vaqtida kechiktirmagan holda hal qilish zarur hisoblanadi.

"Ba'zi savollarga javob olish kerak. Ba'zi davlatlar o‘z qiziqishlaridagi savollarga alohida tarzda yechim topishni istashi mumkin. Bu masalani zudlik bilan hal qilish kerak", deydi jurnalistlarga Islom Karimov RF prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralardan keyin.

O‘zbekiston rahbari "ShHTning kelajagi uchun favqulodda muhim hisoblanadigan hujjatlarni qabul qilish jarayonini tezlatish zarurligi"ni ta'kidladi.

Karimov shuningdek, ShHTni Afg‘onistondagi harbiy-siyosiy qarama-qarshiliklarga aralashmaslikka chaqirgan.