Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 12:37 / 26.04.2016
1476
1 daqiqa o‘qiladi
Polsha YeI bilan vaqtinchalik chegara nazorati o‘rnatadi
Polsha 4 iyuldan 2 avgustga qadar Yevropa Ittifoqi bilan vaqtinchalik chegara nazoratini o‘rnatishni rejalashtirgan. Bu haqda mahalliy OAV xabar qildi.
Nazorat “jamoat tinchligini buzishi va xavfsizlikka tahdid solishi mumkin bo‘lgan shaxslarning Polshaga kirishi oldini olish maqsadida” Germaniya, Slovakiya, Chexiya, Litva chegaralarida, shuningdek, aeroportlarda o‘rnatiladi.
OAVda ushbu harakatlar NATO iyul avvalida bo‘lib o‘tadigan sammitini Varshavada o‘tkazishi va Jahon yoshlar kuni bilan bilan bog‘liq deya ta'kidlanmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish