Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tom Henks: «Mavsum avvalida «Lester»ning g‘olib bo‘lishiga 100 funt tikkandim»
«Aston Villa» jamoasi muxlisi hisoblanadigan amerikalik aktyor Tom Henksning ma'lum qilishicha, u 2015-16 yilgi Angliya chempionati avvalida «Lester» jamoasi g‘olib chiqishi uchun 100 funt sterling (130 yevro) tikkan. Bu haqda The Guardian xabar bergan.
«Bilasizmi men mavsum boshlanishidan oldin nima qilgandim? "Lester" g‘olib chiqishini taxmin qilib, 100 funt tikkanman. Ishonmaysizmi? O‘zingiz bilasiz, lekin menimcha juda to‘g‘ri tanlaganman (Kuladi).
Menimcha, kishi 25 funt tikish orqali ham millionerga aylanishi mumkin», — deydi aktyor.
Mavsum avvalida Britaniyadagi bukmekerlik idoralarida «Lester»ning mamlakat chempionatidagi g‘alabasi uchun koeffitsiyent 5000ga 1 ko‘rinishida edi, Rojdestvo bayramidan keyin bu ko‘rsatkich 1000ga 1 ko‘rinishiga tushgandi.
Shu tariqa, Henks «Lester» mavsum yakunida Angliya chempioniga aylansa, 500 ming funt (640 ming yevro) yutib oladi.
Ayni vaqtda, Klaudio Raneri shogirdlari «Tottenhem»ni 7 ochkoga ortda qoldirib g‘oliblik sari yaqinlashmoqda. Jamoa qolgan 3 turda «Manchester Yunayted», «Everton» va «Chelsi»ga qarshi o‘ynaydi va 9 ochkolik imkoniyatdan 3 ochko olish jamoaga chempion bo‘lish uchun kifoya qiladi.
Tom Henks — «Filadelfiya» va «Forrest Gamp» kabi filmlardagi dramatik rollari uchun «Oskar» mukofotlari olgan.
Britaniya bukmekerlari «Lester» APLda chempion bo‘lsa, 10 mln funtga yaqin mablag‘ to‘laydi
«Lester» 1 may kuniyoq Angliya chempioni bo‘lishi mumkin