Jahon | 23:40 / 26.04.2016
2008
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy YeIni Hongkong ishlariga aralashmaslikka chaqirdi

Xitoy tashqi ishlar vaziri rasmiy vakili Xua Chunin 26 aprelda Yevropa Ittifoqining Xitoyning maxsus ma'muriy hududi hisoblanadigan Hongkongga nisbatan siyosatining tanqidini asossiz deb atadi va Bryusselni Hongkongning ishlariga aralashmaslikka chaqirdi.

Xitoy tashqi ishlar vazirligining bunday munosabati YeIda Hongkong va Makaoning 2015 yildagi siyosiy va iqtisodiy rivojlanishi haqidagi 18-har yillik ma'ruzasidan keyin bildirilgan. YeI o‘tgan yilni "bir davlat – ikki tizim" tamoyilining ishlashi uchun siyosiy jihatdan mushkul yil deb atadi. YeI saylovlar tizimining islohotlaridagi muvaffaqiyatsizlik borasida ham afsuslanish bildirdi.

Bundan tashqari, Bryussel 5 nafar gonkonglik noshirning yo‘qolishi bo‘yicha ishni Hongkongning asosiy qonuni va "bir davlat – ikki tizim" tamoyiliga "eng jiddiy chaqiriq" sifatida qarayotganini aytdi. Ma'ruzada noshirlarning yo‘qolishi inson huquqlari va erkinliklarini hurmat qilish borasida jiddiy xavotirlanish uyg‘otayotgani aytilgan.

"Xitoyning "bir davlat – ikki tuzum" tamoyilini o‘tkazishi hech qachon o‘zgarmaydi. YeI ma'ruzasida aytilgan noo‘rin izohlar asoslarga ega emas. Biz qat'iy noroziligimizni bildiramiz", deb aytdi matbuot-anjumanda Xua Chunin.

Xitoy tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili "Hongkong Xitoyning maxsus ma'muriy hududi hisoblanishi va u bilan bog‘liq barcha masalalar Xitoyning ichki ishi hisoblanishini" ta'kidlab o‘tdi. "Hech qaysi davlatning aralashishga haqqi yo‘q. Biz YeIni o‘zining bayonotlari va harakatlariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish va Hongkong ishlariga aralashishni bas qilishga chaqiramiz", deb qo‘shimcha qildi Xua Chunin.