Jahon | 11:31 / 26.04.2016
1485
1 daqiqa o‘qiladi
Yaponiya Avstraliya hukumatidan suvosti kemalari tenderi yakuniga izoh berishni talab qilmoqda
Yaponiya hukumati Avstraliya 50 mlrd dollar qiymatidagi yangi avlod suvosti kemalarini qurish bo‘yicha o‘tkazilgan tenderda Fransiya taklifini ma'qul ko‘rgani sababini bilishni istamoqda. Bu haqda Reuters agentligi xabar qilmoqda.
«Biz ushbu qaror yuzasidan afsusdamiz. Shu bois taklifimiz nima uchun ma'qullanmaganiga oydinlik kiritishini so‘rab Avstraliya hukumatiga murojaat qilamiz», — degan Yaponiya mudofaa vaziri Gen Nakatani.
Avstraliya rasmiy vakilining ma'lum qilishicha, Fransiya taklif etgan konstruksiya mamlakat harbiy dengiz kuchlari talabiga ko‘proq javob beradi.
Avvalroq Fransiya Avstraliyaning 50 mlrd dollarlik suvosti kemalari ishlab chiqish bo‘yicha tenderida g‘olib bo‘lgani haqida xabar qilingan edi.