Alibaba internet-do‘koni rahbari «Milan» futbol klubini sotib olmoqchi
Xitoylik tadbirkor, Alibaba Group kompaniyasi asoschisi va «Guanchjou Evergrand» jamoasi xo‘jayinlaridan biri Jyek Ma Italiyaning «Milan» klubi aksiyalarini sotib olish niyatida.
Mazkur salohiyatli xaridor klub aksiyalarini sotib olish bo‘yicha klub prezidenti va xo‘jayini Silvio Berluskoniga aniq taklif bilan chiqishgan va undan hafta oxirigacha javob berishini so‘ragan.
Agar Berluskoni taklifga ijobiy javob bergan taqdirda xitoylik investorlar «Milan»da audit tekshiruvi olib borishadi va iyun o‘rtalariga qadar xarid bo‘yicha ishlarni yakunlashga harakat qilishadi. Avvaliga klubning 70 foiz aksiyasi yangi xo‘jayinlar qo‘liga o‘tsa, qolgan 30 foizi yil davomida xitoyliklar qo‘liga o‘tkaziladi.
Jyek Maning klubni sotib olgach amalga oshiradigan ilk loyihasi «Milan» uchun alohida stadion qurish bo‘ladi. Shuningdek, klubga Marchello Lippi texnik direktor sifatida tayinlanishi kutilmoqda.
Osiyoning eng boy shaxsi sanalgan 51 yoshli Maning boyligi 33,3 milliard dollarga baholangan va u bu ko‘rsatkich bo‘yicha dunyoning eng boy kishilari ro‘yxatida 18-o‘rinda bormoqda. Alibaba Group o‘z ichiga Taobao (xitoycha eBay), Aliplay (elektronnaya to‘lov tizimi), Weibo (tvitterning xitoycha muqobili) va Alibaba Pictures (kinosanoat sohasiga investitsiya kiritish) tashkilotlarini oladi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Xitoy boshqa bir boy kishisi Robin Li Berluskoni «Milan»ning 100 foiz aksiyasi uchun 700 mln yevro taklif qilgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Forbes nashri «Milan»ning narxini 775 million dollarga baholagan.