Sport | 01:37 / 27.04.2016
2360
2 daqiqa o‘qiladi

YeChL. "Manchester Siti" o‘z uyida "Real" bilan durang qayd yetdi

Bugun, 26 aprel kuni Yevropa Chempionlar ligasi yarim finalidagi dastlabki o‘yinda "Manchester Siti" o‘z maydonida "Real"ni qabul qildi. Mazkur uchrashuv "Etixad siti of Manchester" stadionida bo‘lib o‘tdi. Shiddat bilan davom etgan o‘yin 0:0 hisobida yakun topdi. 

Birinchi bo‘limda asosan maydonning har bir qarichi uchun jang kechdi. Bir jamoa hujum qilayotganida ikkinchisi butun jamoa bo‘lib himoyalandi. Natijada to‘p xavfli zonaga ko‘p ham yetib boravermadi. Birinchi bo‘lim asosan 2-3ta vaziyatdagi qo‘polliklar va David Silvaning jarohat olib maydonni erta tark etishi bilan yodda qoldi. 

Tanaffusdan so‘ng "Manchester Siti"da darvozaga to‘p yo‘llash uchun katta imkoniyatlar paydo bo‘ldi, biroq jamoa bu kabi vaziyatlarni boy berdi. 20 daqiqada "Real" tashabbusni o‘z qo‘liga oldi, biroq Jo Xart o‘z jamoasini ikki marotaba qutqarib qoldi, Xesening boshi bilan bergan zarbasi esa darvoza to‘sig‘iga kelib urildi.

Jamoalar o‘rtasidagi javob uchrashuvi 4 may kuni Madriddagi "Santyago Bernabeu" stadionida bo‘lib o‘tadi.

Chempionlar ligasi. 1/2 final. Birinchi o‘yin.

"Manchester Siti" – "Real" 0:0

Ogohlantirish: Silva, 37 – Pepe, 24; Karvaxal , 90+2.

"Manchester Siti" - Xart, Sanya, Kompani, Otamendi, Klishi, Fernando, Fernandino, Navas (Sterling 77), Silva (Ixeanacho 41), De Bryuyne, Aguero.

"Real" - Navas, Karvaxal, Pepe, Serxio Ramos, Marselo, Kazemiro, Kroos (Isko 90), Modrich, Beyl, Lukas Vazkez, Benzema (Xese 46).