Jahon | 17:02 / 27.04.2016
1382
1 daqiqa o‘qiladi

Eron mudofaa vaziri IShIDni Isroil bilan bog‘ladi

Eron mudofaa vaziri Husayn Dehqan xalqaro xavfsizlik bo‘yicha V Xalqaro konferensiya doirasida Amerika, Isroil va Saudiya Arabistoni terrorchilarning takfirist-sionist harakatlarini qo‘llab-quvvatlayotganini ma'lum qildi. Bu haqida “Gazeta.ru” muxbiri xabar bergan.

Takfirizm – radikal islomning nafaqat terrorchilarni, balki boshqa musulmonlarni ham qatl qilishga yo‘l qo‘yuvchi bir yo‘nalishi. IShID terrorchi guruhi ana shu pozitsiyaga amal qiladi.

U shuningdek, Eron Isroilning “sionistik rejimi” yadroviy qurolsizlanish tarafdori ekanligini qayd etdi. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, yadroviy qurolning tarqalmasligi haqidagi Shartnomada bu eng asosiy masalalardan biri bo‘lishi kerak.

Bundan avval, OAVda Eron Suriya prezidenti Bashar Asad va uning oilasiga mamlakatdan panoh berish taklifini bildirgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish