Sport | 10:39 / 27.04.2016
1788
2 daqiqa o‘qiladi

Garet Beyl: «Biz bu o‘yinda penalti tepishga haqli edik»

Madridning «Real» klubi yarimhimoyachisi Garet Beyl Yevropa chempionlar ligasining 1/2 finalidagi «Manchester Siti»ga qarshi uchrashuvi (0:0) borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Biz uchun eng asosiysi gol o‘tkazib yubormaslik edi. Mehmonda gol urishni istagandik, ammo bu amalga oshmadi. O‘yin yetarlicha yopiq ko‘rinishda o‘tdi. O‘ylashimcha, bu normal holat.

Ikkinchi bo‘limga kelib, jamoalar ochiqroq futbol namoyish etishdi. Omadimiz chopmadi, chunki hakam bir necha marotaba «Manchester Siti» darvozasi tomon penalti belgilamadi. O‘yindan qoniqish hosil qildik, endi javob uchrashuvini kutamiz.

Biz «Volfsburg»ga qarshi birinchi uchrashuvdan yaxshigina saboq olgandik. Bugun biz tartibli harakat qildik, tezkor gol kiritish uchun hujumga o‘tib ketmadik. Bizga penalti tepish imkoniyatini berishmadi, gol ura olmadik, javob uchrashuvidan oldin bizda yaxshi imkoniyat mavjud.

Ha, Kompani qo‘pollik ishlatdi, ammo biz nima ham qila olardik? Hakam juda ko‘plab vaziyatlarni o‘tkazib yubordi.

Uyda yaxshi harakat qilamiz, muxlislar bizni qo‘llab-quvvatlab turishadi. Maydon ham kattaroq bo‘ladi va bundan foydalanib gol urishga harakat qilamiz. Javob uchrashuvi og‘ir kechadi, ammo biz o‘zimizga ishonamiz», – deya ta'kidladi Beyl.