Jamiyat | 19:29 / 27.04.2016
2746
1 daqiqa o‘qiladi
Kianu Rivz komedik filmda mushukchaga ovoz berdi
Hollivud aktyori Kianu Rivz “Kianu” nomli hajviy jangari filmda mushukchaga ovoz berdi. Bu haqda Moviefone xabar berdi.
Film rejissyori Piter Atensio, asosiy rollar ijrochilari Kigen-Maykl Ki va Jordan Pil.
Filmdagi mushukchaning laqabi Rivzning sharafiga Kianu deb atalgan. Atensioning so‘zlariga ko‘ra, aktyorning roziligiga erishish oson bo‘lmagan.
2016 yili birinchi treyler taqdim etilgach, vaziyat o‘zgaradi. Rejissyorning so‘zlari bo‘yicha, Rivzning opasi, ehtimol, bu rolikni akasiga ko‘rsatgan. Shundan keyin Rivz film yaratuvchilari bilan bog‘langan.
Film prokati 29 apreldan boshlanadi.
Key & Peele & a cute kitten make a mostly funny ‘John Wick’ riff in ‘Keanu.’ Our review: https://t.co/3S8pjWRexp pic.twitter.com/6OHuBCrZuZ
— ScreenCrush (@screencrushnews) 27 aprelya 2016 g.