Jahon | 18:05 / 27.04.2016
1272
1 daqiqa o‘qiladi

Lavrov Pxenyanni yadro quroliga ega bo‘lishga intilmaslikka chaqirdi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Xalqaro xavfsizlik bo‘yicha V Moskva anjumanida bergan bayonotiga ko‘ra, rasmiy Pxenyan yadro quroliga ega davlatlar safidan joy olish maqsadida mas'uliyatsiz harakat va urinishlarga barham berishi kerak.

«Pxenyan rahbariyati mas'uliyatsiz urinishlariga barham berib, yadro quroliga ega davlat sifatida tan olinishi xomxayol ekanini tushunib yetadi, deb o‘ylaymiz», — degan tashqi ishlar vaziri.

Shu bilan birga, Lavrovning qayd etishicha, Rossiya ayrim davlatlarning mazkur vaziyatdan foydalanib, harbiy salohiyatini kuchaytirishini xavfli va aks samara beruvchi siyosat, deb hisoblaydi.

Eslatib o‘tamiz, Shimoliy Koreya tashqi ishlar vaziri Li Su Yon, AQSh agressiyasini to‘xtatish uchun Pxenyan qudratli yadro quroliga ega bo‘lishi shart, degan fikrni bildirgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish