Jahon | 16:12 / 27.04.2016
2517
1 daqiqa o‘qiladi
Shoygu: Rossiya Markaziy Osiyodagi barqarorlik kafolatidir
Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Xalqaro xavfsizlik bo‘yicha V Moskva konferensiyasida qilgan chiqishida bergan bayonotiga ko‘ra, mamlakat harbiy kuchlari Markaziy Osiyo barqarorligi kafolatidir.
«Umumiy vazifalardan biri — MDH hududida terrorizm balosining keng tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslikdir. Afg‘oniston tomonidan terroristik xuruj ehtimoli mavjudligi bois, Markaziy Osiyo mintaqasidagi tashvishli holatni jiddiy kuzatib bormoqdamiz», — degan Shoygu.
Mudofaa vazirining aytishicha, Tojikiston va Qirg‘izistondagi rus harbiy bazalari mintaqaviy barqarorlik kafilidir.