Sport | 11:33 / 27.04.2016
1950
2 daqiqa o‘qiladi

«Spartak» xokkey klubi Vitaliy Denisov va «Lokomotiv»ni ma'muriy huquqbuzarlikda aybladi

Rossiyaning «Lokomotiv» futbol klubi o‘zining rasmiy tvitterida 26-turdan o‘rin olgan «Spartak»ka qarshi o‘yin promo-roligini taqdim etdi.

Videorolikda klubning o‘zbekistonlik himoyachisi Vitaliy Denisov Marvel komiksidagi Tor obrazida ko‘rinish bergan va unda «Spartak» xokkey klubi stikeridan foydalanilgan.

Mazkur tvitga xokkey klubi javob qaytargan va Rossiya ma'muriy huquqbuzarlik kodeksining «o‘zga mulkni yerga urish va unga zarar keltirish» moddasi bilan ayblagan va ularga buning uchun 1500 dan 2500 rublgacha jarima solinishini eslatib o‘tgan.