WSJ: Stiven Spilbergning kinokompaniyasi sotilish arafasida
Amerikaning DreamWorks Animation animatsion kompaniyasi (avvalroq DreamWorks kinostudiyasi filiali bo‘lgan) kabel televideniyesi bozoridagi eng qudratli hisoblangan Comcast kompaniyasiga sotilishi mumkin. Bu haqda muzokaralarda ishtirok etgan manbalarga tayanib The Wall Street Journal xabar tarqatdi.
Unga ko‘ra, bitim narxi 3 milliard dollardan oshishi kutilmoqda.
Ayni paytda Comcast Universal Pictures kinostudiyasiga egalik qiladi. Bu kinostudiyaning muvaffaqiyat bilan faoliyat yuritayotgan Illumination Entertainment animatsion bo‘limi mavjud. “Yaxshi bo‘lish osonmi?” (“Gadkiy ya”) multfilmi aynan shu bo‘lim mahsuloti. Nashrga ko‘ra, muzokaralar ijobiy hal bo‘lsa, DreamWorks Animation animatsion kompaniyasi Universal bilan birlashadi.
Mo‘ljallanayotgan sotilish narxi kompaniyaning bozor narxidan balandroq hisoblanadi. Analitiklar DreamWorks Animation SKG kompaniyasi 2,3 milliard dollarga baholagan.
DreamWorks Animation animatsion kompaniyasiga DreamWorks’ning filiali sifatida 1994 yili Stiven Spilberg, Jyeffri Kattsenberg va Devid Giffen tomonidan asos solingan. 2004 yili kompaniya mustaqil ish boshlagan. “Shrek-2”, “Kung-fu Panda”, “Madagaskar” ushbu animatsion studiyaning eng muvaffaqiyatli mahsulotlaridan hisoblanadi.