Sport | 17:59 / 27.04.2016
1868
2 daqiqa o‘qiladi

Xosep Gvardiola: «Agar «Atletiko» grandlar bilan o‘ynasa, bu o‘yinda kim favoritligini bilib bo‘lmaydi»

«Bavariya» jamoasi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola «Atletiko»ga qarshi YeChL yarimfinalidagi uchrashuv avvalidan raqibning imkoniyatlariga baho berdi.

«Biz yarimfinalda o‘ynashimizdan baxtiyormiz. Bu bosqichga yetib kelgan jamoalarning barchasi shu daraja uchun haqli jamoalar. Agar «Atletiko» grandlar bilan o‘ynasa, bu o‘yinda kim favoritligini bilib bo‘lmaydi. Bizni hayajonlarga to‘liq kechadigan qarama-qarshilik kutmoqda.

Yaxshiyamki murabbiylar bir-biri bilan emas, futbolchilar o‘ynashadi. Biz esa qo‘limizdan kelganicha o‘yinga ta'sir ko‘rsatamiz, ammo g‘oliblikka futbolchilar erishadi.

«Atletiko»da chiziqlar o‘rtasidagi bog‘lanishlar juda yaxshi. Men bu jamoa bilan ancha vaqtdan beri ro‘baru kelmagandim. «Atletiko»ning himoyasi zo‘r va faqatgina shu emas. Maydon markazidagi Koke atrofni juda yaxshi ko‘radi va katta hududni nazorat qiladi. Ular bo‘sh hududlarni o‘z vaqtida yaxshi yopishadi va qattiq pressing qo‘llashadi. Raqib qarshi hujumga o‘tishda tezkor.

«Atletiko» keyingi yillarda har bir turnirda g‘olib bo‘lish uchun o‘ynamoqda. Buning uchun barcha chiziqlarda saviyali o‘yin ko‘rsatish kerak. «Atletiko» esa aynan shunday qilmoqda», – deydi murabbiy.