Jahon | 11:01 / 28.04.2016
1761
3 daqiqa o‘qiladi

Britaniyalik deputat ayol antisemit mem tufayli partiyadan chiqarib yuborildi

Britaniyalik leyborist ayol, parlament deputati Noz Shahni ikki yil avvalgi antisemit internet-mem tufayli partiyadan chiqarib yuborishdi.

Shah aslida pokistonlik ayol bo‘lib, Jamoat Palatasiga G‘arbiy Bredford hududidan saylangan. U bilan bog‘liq mojaro 2016 yilning 26 aprelida "Gay Foks" siyosiy blogida ayolning ikki yil avvalgi Facebook'dagi yozishmasining skrinshoti chop etilganidan so‘ng boshlandi. Shah u paytlar deputat bo‘lmagan, u Facebook'da Falastin-Isroil ziddiyatlarini hal qilish uchun Isroil aholisini AQShga ko‘chirib o‘tib, ular uchun 51-shtat tashkil qilish taklif etilgan internet-memni o‘z do‘stlari bilan bo‘lishgan. Mem muallifining fikricha, bunday qadam falastinliklarga o‘z yerlarini qaytarib olish imkonini beradi va Amerika byudjyetini yahudiylar mamlakatiga yillik dotatsiyadan xalos qiladi. Bundan so‘ng deputat Isroilning G‘azodagi "Mustahkam qoya" harakatlarini Adolf Gitlerning harakatlariga tenglashtirgan.

Bu ma'lum bo‘lganidan keyin Shah Buyuk Britaniyadagi yahudiylar jamoatchiligi, leyboristlar va siyosiy raqiblari tomonidan tanqidga uchradi. Jumladan, Devid Kemeron uning izohini irqchilikka yo‘ydi va uni shu paytgacha partiyadan chiqarib yuborilmaganligiga hayratini bildirdi.

Shahning parlament va matbuotda ko‘p marta uzr so‘rashiga qaramay leyboristlar yetakchisi Jyeremi Korbin oxir-oqibat jamoatchilik bosimiga yon berib, deputatning roziligi bilan uning a'zoligini ichki tergov tugagunga qadar vaqtinchalik to‘xtatib qo‘ydi. Taqdir taqozosiga ko‘ra, o‘tgan ikki yil ichida Isroil siyosatiga qarashlari o‘zgargan Shah Britaniyadagi antisemitizm bilan bog‘liq tergov bo‘yicha Jamoatchilik palatasining a'zosiligicha qolmoqda.

So‘nggi yillarda huquq targ‘ibotchilari qirollikda yahudiylarga qarshilikning sezilarli darajada o‘sganini ma'lum qilishmoqda. 2014 yilda 1168 antisemistik mojarolar qayd etilgan, bu raqamlar chuqur tashvishga soladi va "barcha uchun ogohlantirish"dek.

Buyuk Britaniyada 291 ming yahudiy yashaydi. Ular mamlakat aholisining taxminan 0,45 foizini tashkil qiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish