"Manchester Siti" Klichkoga 1 raqamli maxsus futbolka sovg‘a qildi
Angliyaning "Manchester Siti" jamoasi Vladimir Klichkoni Tayson Fyuriga qarshi jang oldidan qo‘llab-quvvatladi.
Jamoa ukrainalik bokschi uchun tayyorlangan, "1" raqami va "Klichko" familiyasi tushirilgan futbolkani namoyish qildi. Fotosurat Vladimir Klichkoning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga ham joylangan.
27 aprel kuni Manchester shahrida professional boksning superog‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni ukrainalik Vladimir Klichko (64-4, 53 KO) va WBA, WBO va IBO yo‘nalishlari chempioni britaniyalik Tayson Fyuri (25-0, 18 KO) o‘rtasida o‘tkaziladigan revansh jangi oldidan matbuot anjumani tashkil etildi.
Eslatib o‘tamiz, Klichko va Fyuri o‘rtasidagi revansh jangi 9 iyul kuni Manchester shahrida bo‘lib o‘tadi. O‘tgan yili Fyuri ukrainalik bokchining barcha kamarlarini tortib olgandi.