Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nintendo yangi videoo‘yinni taqdim etadi
Nintendo kompaniyasi 2017 yilning mart oyida NX deb nomlanuvchi yangi videoo‘yinni taqdim etadi. Bu haqida The Verge xabar beradi.
Yangi mahsulot haqida kompaniyaning yillik hisobotida keltirib o‘tilgan.
Biroq, o‘yin qanday ko‘rinishda bo‘lishi va qay tariqa ishlashi to‘g‘risida aniq ma'lumotlar berilmagan. Turli xabarlarga ko‘ra, o‘yin tezlik bo‘yicha Xbox One va PlayStation 4ni ortda qoldiradi. Qurilma shuningdek, Android operatsion tizimida ham ishlay oladi.
Internetda bir necha marotaba yangi videoo‘yinning suratlari paydo bo‘ldi, lekin Nintendo rasmlar soxta ekanligini qayd etib kelmoqda.
