Fan-texnika | 12:06 / 28.04.2016
2258
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: jahon smartfon bozorida birinchi marta pasayish kuzatildi

Jahon smartfon bozorida 2016 yilning birinchi kvartalida ilk bora pasayish holati kuzatildi. Bu haqda Strategy Analytics xabar bermoqda.

Manba bergan ma'lumotga ko‘ra, joriy yilning yanvar oyidan mart oyiga bo‘lgan davrda 334,6 mln. qurilma jo‘natilgan. O‘tgan yilning shu davrida esa, bu ko‘rsatkich 345 mln.ni tashkil etgan edi.

Smartfonlar bozorida yetakchilikni hamon Samsung Electronics Co saqlab tkribdi. Ammo uning ham jo‘natmalari 4,5 foizga kamayib ketdi va 79 mln. qurilmani tashkil etdi. Bozordagi Samsung ulushi o‘tgan yil ko‘rsatkichidan 24 foizdan 23,6 foizga tushib ketdi.
Ikkinchi o‘rinda Apple bormoqda. Uning jo‘natmalari 16 foizga tushib ketdi va 51,2 mln.ni tashkil etdi. Kompaniya ulushi o‘tgan yilnikiga qaraganda 17,7 foizdan 15,3 foizgacha tushib ketdi.