Jahon | 16:49 / 28.04.2016
2386
1 daqiqa o‘qiladi

Sekret firmy: Google Telegram'ni 1 milliard dollarga baholadi

Telegram asoschisi Pavel Durov Google bosh direktori Sundar Pichai bilan o‘tgan yilning may oyida ko‘rishgan. Bu haqda “Sekret firmy” xabar tarqatdi.

Pichai Durovdan messenjerlar bozorida Goggle’ni baholab berishini so‘ragan va o‘zi ham Telegram’ni kamida 1 milliard dollarga baholagan.

Pavel Durov uchrashuv natijalariga izoh bermagan va kompaniyalar hamkorligi to‘g‘risida gap-so‘zlar bo‘lmaganini qo‘shimcha qildi.