Jamiyat | 18:04 / 29.04.2016
2291
2 daqiqa o‘qiladi

American Idol teleshousi egalari bankrot bo‘ldi

American Idol hamda So You Think You Can Dance teleko‘rsatuvlari asoschisi Core Media Group kompaniyasi bankrotga uchraganini e'lon qildi. Bu haqda The New York Times xabar berdi.

Kaliforniyadagi kompaniya o‘z qarzini 512 mln dollarga, aktivlarini 73 mln dollarga baholagan.

Teleko‘rsatuvlar reytingining tushib ketishi va Coca-Cola va AT&T kabi yirik homiylarning hamkorlikni to‘xtatishi bankrotlikka sabab bo‘ldi. Shuningdek, Walt Disney World ko‘ngilochar bog‘idagi American Idol attraksionlari ham yopildi.

2014 yili American Idol keltiradigan foyda bir yil avvalgidan ko‘ra 15 million dollarga kamaydi. 2015 yilning birinchi yarim yilligida esa bu ko‘rsatkich yana 35,6 million dollarga tushib ketdi.

Kompaniyaning sobiq ijrochi direktori Saymon Fuller hujjatlarda eng kam ta'minlangan kreditor sifatida ko‘rsatilgan. Uning qarzi 3,3 million dollar.

American Idol shousi 14 yil davomida efirga uzatildi va bir oy avval yopildi.