Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa Ligasi, yarim final. «Sevilya» «Shaxtyor» maydonida durang o‘ynadi
Futbol bo‘yicha Yevropa Ligasi musobaqasining yarim finalidagi yana bir uchrashuv Ukrainaning Lvov shahrida «Shaxtyor» va «Sevilya» o‘rtasida kechdi. Vitoloning tezkor goliga birinchi bo‘limning o‘zida mezbonlardan Marlos hamda Taras Stepanenko bir martadan javob qaytardi — 2:1. 82-daqiqaga kelib polshalik bosh hakam mezbonlar darvozasi tomon penalti belgiladi va uni Kevin Gameyro aniq amalga oshirib, yakuniy natijani o‘rnatdi - 2:2.
Yevropa Ligasining javob bellashuvlari 5 may kuni o‘tkaziladi.
Shaxtyor – Sevilya 2:2
Gollar: 0:1 – 6 Vitolo, 1:1 – 23 Marlos, 2:1 – 35 Stepanenko, 2:2 – 82, penalti Gameyro.
Shaxtyor – Pyatov, Kucher, Ismaili, Srna, Rakitskiy, Marlos (Bernard, 90), Malyshev, Kovalenko, Stepanenko, Tayson (Vellington Nem, 90), Ferreyra (Eduardo, 90).
Sevilya – Soriya, Rami, Eskudero, Mariano, Karrisu, Krixovyak, Nzonzi, Banega, Vitolo, Konoplyanka (Kron-Deli, 59; Koke, 72), Gameyro.
Ogohlantirishlar: Eskudero (27), Karrisu (40), Krixovyak (48), Malishev (89), Srna (90).