Lego rahbarining o‘g‘li kompaniyaning yangi vorisi etib tayinlandi
Daniyaning taniqli Lego A/S kompaniyasi rahbari Kell Kirk Kristiansen 28 aprel kuni vitse-prezidentlik lavozimini o‘zining o‘g‘li Tomas Kirk Kristiansenga topshirishini ma'lum qildi. Bu haqida The Wall Street Journal xabar berdi.
Tomas Kirk Kristiansen shuningdek, otasining o‘rniga Lego Foundation kompaniyasi raisi lavozimini ham egallaydi. Mazkur kompaniya Lego A/Sning 25 foizlik aksiyalariga egalik qiladi, qolgan 75 foiz aksiya esa Kell Kirk Kristiansen va uning 3 nafar farzandiga tegishli bo‘lgan Kirkbi A/S xolding kompaniyasiga o‘tadi.
Forbes ma'lumotlariga ko‘ra, Kell Kirk Kristiansen Daniyaning eng badavlat shaxslaridan biri sanaladi. Kirk Kristiansenning moliyaviy holati 9,7 milliard dollarga baholangan. Uning o‘g‘lining kompaniya yangi rahbari lavozimida bajaradigan asosiy vazafasidan biri Lego uchun yangi ekologik xom ashyolar izlab topishdir — hozir «g‘isht» o‘yinchoqlar akrilonitrilbutadiyenstiroldan yasab chiqarilmoqda.
Lego (Daniyaliklar tilida leg godt - «yaxshi o‘yna» degan ma'noni anglatadi) kompaniyasiga 1934 yilda duradgor Ole Kirkom Kristiansen tomonidan asos solingan. 1949 yilda firma «Avtomatik birlashtiruvchi o‘yinchoqlar» nomi ostida to‘plam ishlab chiqarishni boshladi. Asosni yaratish g‘oyasi Kiddicraft kompaniyasining Buyuk Britaniyada petentlangan o‘z-o‘zini qulflaydigan g‘ishtlaridan olingan.
Lego o‘zining mashhur o‘yinchoq «g‘ishtlarini» 1958 yilda patenlashtirdi. Oradan 42 yil o‘tganidan so‘ng, Britaniyaning sotuvchilar assotsiatsiyasi yasaluvchi Lego’ni XX asrning eng taniqli o‘yinchog‘i deb atadi.