Jahon | 22:13 / 29.04.2016
3221
1 daqiqa o‘qiladi
Poroshenko Ukraina tashqi razvedka boshlig‘ini iste'foga jo‘natdi
Ukraina tashqi razvedka boshlig‘i Viktor Gvozd o‘z lavozimidan bo‘shatildi. Bu haqda Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning tegishli farmonida aytildi. Farmon Poroshenkoning rasmiy saytida chop etildi.
"Gvozd Viktor Ivanovich Ukraina tashqi razvedka boshlig‘i lavozimidan ozod etilsin", deb aytilgan hujjatda.
Farmon 29 aprel bilan sanalangan.
Gvozd bu lavozimni 2014 yil 27 fevralidan egallab kelayotgan edi.