Jahon | 09:16 / 29.04.2016
2425
1 daqiqa o‘qiladi

Shanxay aeroportidagi yong‘in tufayli 2 kishi halok bo‘ldi

Xitoyning Shanxay shahridagi Xuntsyao xalqaro aeroportida ro‘y bergan yong‘in tufayli kamida 2 kishi halok bo‘lgan va 4 kishi jarohatlangan. Bu haqda CCTV News xabar tarqatgan.

Xuntsyao - Xitoydagi eng yirik ikkita xalqaro aeroportdan biri hisoblanadi.

«Sinxua» agentligining tvitterida ma'lum qilinishicha, bu yong‘in aeroport hududidagi qurilish maydonida ro‘y bergan.

Yong‘in terminalardan biriga o‘tish vaqtida bartaraf etilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish