Jahon | 08:37 / 01.05.2016
3547
1 daqiqa o‘qiladi
Liviya sohili yaqinida 84 muhojir halok bo‘ldi
Liviya sohili yaqinida, O‘rta Yer dengizida muhojirlar qayig‘i shtormga uchradi, deb xabar bermoqda xorijiy OAV.
Shtorm oqibatida zararlangan qayiqni Italiya sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati aniqlagan. Qayiq ayanchli holatda bo‘lgan va tezda suv bilan to‘layotgan bo‘lgan.
Ta'kidlanishicha, qayiq aniqlanganda unda 26 kishi bo‘lgan. Qolgan 84 kishi shtorm vaqtida qayiqdan tushib ketgan. Ayni vaqtda qidiruv ishlari olib borilmoqda.
Qayiqda omon qolgan muhojirlar ikki katerda Italiyaning Lampeduza oroliga yetkazilgan.
Omon qolganlarning aytishicha, Liviyadan chiqqan qayiqda 110 kishi bo‘lgan.