Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bugun Estoniyada NATO harbiy o‘quv mashg‘ulotlari boshlanadi
2 may kuni Boltiqbo‘yi mamlakati Estoniyada NATO alyansining Spring storm nomli yirik harbiy o‘quv mashg‘ulotlariga start beriladi. Unda 6 ming nafar harbiy xizmatchi ishtirok etishi rejalashtirilgan. Estoniya mudofaa kuchlari bosh shtabi ma'lum qilishicha, harbiy mashg‘ulotlar 19 mayga qadar davom etadi.
Bosh shtab ma'lumotlariga ko‘ra, unda alyansga a'zo o‘nta davlat, jumladan, Niderlandiya, AQSh, Buyuk Britaniya va GFR harbiylari ham qatnashadi.
Aytish joizki, Spring storm manyovrlari Estoniyaning Rossiya bilan chegaradosh sharqiy uyezdlari "Pilvamaa, Tartumaa hamda Virumaa"larda bo‘lib o‘tadi, deyiladi bosh shtab axborotnomasida.
Ma'muriyat ma'lumotlariga binoan, "Polshaning Su-22 qiruvchi-bombardimonchi samolyotlari, AQShning F-15 qiruvchilari, CH-47 Chinook harbiy transport vertolyotlari va Bell V-22 Osprey konvertplanlari" ham ushbu mashg‘ulotlarda qatnashadi.
Bosh shtab matbuot bayonnomasida mashg‘ulotlar rejasiga oydinlik kiritilmagan.
Shu yilning boshida Estoniya bosh vaziri Taavi Riyvas, 2016 yil 8-9 iyul kunlari Varshavada bo‘lib o‘tajak NATO sammitida, rasmiy Tallin Estoniya va qo‘shni davlatlarda alyansning harbiy bazalarini barpo etish taklifini ilgari surishini bildirgan edi.