Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyoning eng yirik ko‘mir qazib oluvchisi daromadi 28,3 foizga kamaydi
Ko‘mir ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoning eng yirik kompaniyasi Xitoyning Shenhua Energy sof daromadi joriy yil birinchi chorak yakunlariga ko‘ra, 734 mln. AQSh dollari (4,74 mlrd. yuan)ni tashkil etib, 28,3 foizga pasaygan. Kompaniyaning 2016 yil birinchi chorak moliyaviy natijalariga oid hisobotida shu haqda so‘z yuritilgan.
Kompaniyaning hisobot davridagi umumiy savdosi 4,6 foizga tushib, 6,1 mlrd. dollarni tashkil etgan. Kompaniyaning soliqqacha bo‘lgan foydasi 15,9 foizga pasayib, 1,39 mlrd. dollar (9,025 mlrd. yuan)dan iborat bo‘lgan.
Hozirgi kunda Xitoy ko‘mirdan energiya manbasi sifatida eng ko‘p foydalanadigan mamlakatligicha qolmoqda. Biroq XXR rahbariyati, havoning ifloslanganlik darajasi yuqoriligiga qaramay, ko‘mirdan foydalanish ko‘rsatkichini kamaytirishga va'da berib kelmoqda.
Xitoyda birgina ko‘mir yoqilishidan havoga chiqariladigan is gazi Germaniyaning jami issiqxona gazlaridan ko‘pligi aytilgan edi. Shu sabab, Xitoy hukumati is gazlarini kamaytirish yuzasidan keng qamrovli reja ishlab chiqmoqda.
Xususan, ko‘mir qazib olish sanoatiga sarmoya kiritishni kamaytirish hamda ushbu sohada band ishchilar sonini keskin qisqartirish rejalashtirilgan.