Jahon | 07:14 / 02.05.2016
2829
1 daqiqa o‘qiladi
Nyu-Yorkda serb pravoslav cherkovida kuchli yong‘in chiqdi
1 mayda Nyu-Yorkning Manxetten tumanida Avliyo Savva nomidagi serb kafedral cherkovida kuchli yong‘in chiqdi. Bu haqda shahar o‘t o‘chirish boshqarmasi vakillari ma'lum qildilar.
Ma'lum qilinishicha, yong‘in mahalliy vaqt bilan soat 18:50 da (Toshkent vaqti bilan 2 may 03:50 da) boshlangan. Yong‘inga 5 ta murakkablik darajasidan 3-daraja berildi. Yong‘inni o‘chirishga bir necha o‘t o‘chirish brigadalari jalb qilingan. Jabrlanganlar haqida ma'lumot berilmagan. Ta'kidlanishicha, yong‘in sodir bo‘lgan payt cherkovda hech kim bo‘lmagan.
Cherkov binosi 1850-1855 yillar davomida qurilgan va shahar hukumati tomonidan muhofaza qilinuvchi tarixiy obektlar sirasiga kirgan.